Bugun xabar berganimizdek, Superliga-2018 bahslariga qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi.
Marosimdan so‘ng «Bunyodkor» bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov «Xabar.uz» muxbiriga intervyu berdi.
«Jamoalarning barchasiga omad tilayman. Bu yilgi chempionatni AGMK jamoasiga qarshi o‘z maydonimizda boshlaymiz. Ikkinchi turda esa «Paxtakor»ga to‘qnash kelamiz. Shu bois bu o‘yinlarga jiddiy hozirlik ko‘ryapmiz. O‘ylaymanki, musobaqa qiziqarli va kurashlarga boy bo‘ladi.
Bu mavsumda atigi bitta o‘yinchi sotib oldik. Chunki oldin ham aytganman, «Bunyodkor»da o‘ziga yarasha moliyaviy muammolar bor. Cho‘ntakka qarab ish ko‘rishga majburmiz.
Asosan o‘zimizning mahalliy futbolchilarga ko‘proq e’tibor qaratamiz, ularga tayanamiz», — dedi Mirjalol Qosimov.
Eslatib o‘tamiz, «Bunyodkor» ushbu mavsumda atigi bitta legionerni o‘z safiga jalb qildi — o‘tgan yilgi mavsumni «Qo‘qon-2012» safida o‘tkazgan serbiyalik Filip Rayevats «qaldirg‘ochlar» safiga kelib qo‘shildi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi