Avval xabar berganimizdek, 12-yanvar kuni Nyu-York shahrida yengilmas professional bokschimiz Shohjahon Ergashev (12-0, KO 12) o‘zining co‘nggi jangini amerikalik Soni Fredriksonga (19-1-0, KO12) qarshi o‘tkazib, raqibini nokautga uchratgan edi.
Mazkur jangdagi g‘alabasidan so‘ng Shohjahon Ergashev Jahon boks uyuushmasi (WBA)ning yengil vazn toifasidagi reytingida yuqorilab, 12 o‘ringa chiqib oldi.
Eslatib o‘tamiz, Shohjahon bunday yuqorilashiga uning yanvar oyidagi reytingda 8-o‘rinda borayotgan Sonni Fredriksson ustidan qozonilgan g‘alabasi sabab bo‘ldi. Oldinroq sportchining o‘zi taxminan 5-8 o‘rinlarga ko‘tarilishini ko‘tayotgani haqida gapirib o‘tgandi.
WBA barcha vazn toifalarida faqat kuchli 15talik sportchilar reytingini e’lon qilib boradi va endilikda ushbu yo‘nalishda TOP-15likka kirgan o‘zbekistonlik bokschilar soni ikki nafarga yetgan. Bungacha yarim o‘rta (66,68 kg.gacha) vazn toifdasida ringga ko‘tarilayotgan yo‘nalishning kumush kamari egasi bo‘lgan Qudratillo Abduqahhorovgina bu reytingda bor edi. Yanvarda reytingda 5-o‘rinda bo‘lgan Abduqahhorov bu safar bir o‘rin pastlab 6-o‘ringa tushgan. Biroq u hamon chempionlikka da’vogarlik jangini o‘tkazish huquqiga ega bo‘lib turibdi. Oldinroq, Abduqahhorov filippinlik Menni Pakyao bilan (reytingda 2-o‘ringa ko‘tarildi) ringga chiqishi mumkinligi aytilgandi.
Ergashevdan farqli ravishda Abduqahhorov WBC reytingida 5-pog‘onada, IBF yo‘nalishi reytingida esa 8-o‘rinda bormoqda va da’vogarlik jangida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lib turibdi. Ergashev esa WBC e’lon qilgan TOP-50lik, IBF e’lon qilgan TOP-15lik reytinglarda qayd etilmagan.
“Reytingda yuqorilaganimdan xursandman. Bu menga chempionlik uchun yana bir qadam bo‘ldi. Nasib qilsa bu reytingda birinchi bo‘lib turaman. Bu uchun biroz mehnat qilish kerak”, – deydi Shohjahon Sports.uz internet portaliga bergan xabarida. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi