17:30 / 05.02.2018
4 362

Bahodir Ahmedov Yaponiyadan uchralgan mag‘lubiyatga izoh berdi

Bahodir Ahmedov Yaponiyadan uchralgan mag‘lubiyatga izoh berdi
Futzal bo‘yicha Osiyo chempionati guruh bosqichining oxirgi turida O‘zbekiston va Yaponiya o‘zaro kuch sinashishdi. Unda vakillarimiz 2:4 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘yishdi.

Uchrashuvdan so‘ng terma jamoamiz bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.

- Yaponiyadan ko‘ra ko‘proq xatolarga yo‘l qo‘ydik. Eng kam xato qilgan jamoa g‘alaba qozonadi. Shuning uchun mag‘lubiyatga uchradik. Ikkinchi bo‘limda biz o‘zimizni yo‘qotib qo‘ydik. Keyingi o‘yinda bu kabi kamchiliklarni bartaraf qilishga harakat qilamiz. “A” guruhida barcha jamoalar kuchli. O‘ylashimcha, pley-offdagi raqiblarimizga oson bo‘lmaydi, - deydi terma jamoamiz ustozi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bahodir Ahmedov Yaponiyadan uchralgan mag‘lubiyatga izoh berdi