Oqgul Omonmurodova Buyuk Britaniyadagi turnirning chorak finaliga chiqdi

  • 19 noyabr 2015, 11:15
  • 3 563
  • Sport
  • O‘zbekistonlik tajribali tennischi Oqgul Omonmurodova Buyuk Britaniyaning Shryusburi shahrida davom etayotgan turnirning yakkalik bahslarida chorak finalga yo‘llanma oldi, deb xabar qiladi «Olamsoprt».

    Oqgul Omonmurodova Buyuk Britaniyadagi turnirning chorak finaliga chiqdi

    Oqgul mukofot jamg‘armasi 25 ming dollarni tashkil etuvchi ushbu musobaqaning ikkinchi bosqichida turnirning ettinchi raketkasi amerikalik Bernarda Perani 6:3, 7:6(6) hisobida mag‘lub etdi.

    Omonmurodova ilk bosqichda britaniyalik Emma Xyorstni 6:3, 6:0 hisobida taslim etgan edi. Uning chorak finaldagi raqibasi gollandiyalik Lesley Kerxove bo‘ladi. To‘rtinchi raqam ostida tasniflangan Lesley ikkinchi davrada mezbon tennischi Manisha Fosterni 6:2, 6:3 hisobida engdi.


    Manba: Daryo.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Oqgul Omonmurodova Buyuk Britaniyadagi turnirning chorak finaliga chiqdi