Farrux Do‘stov Italiyadagi turnirning yakkalik bahslarida chorak finalga chiqdi

  • 19 noyabr 2015, 11:15
  • 3 666
  • Sport
  • O‘zbekistonning ikkinchi raketkasi Farrux Do‘stov Italiyaning Breshia shahrida davom etayotgan «Chellenjer» turkumiga kiruvchi turnirning yakkalik bahslaridagi ikkinchi g‘alabasini tantana qildi, deb xabar qiladi «Olamsport».

    Farrux Do‘stov Italiyadagi turnirning yakkalik bahslarida chorak finalga chiqdi

    Farrux mukofot jamg‘armasi 42 ming 500 evroni tashkil etuvchi musobaqaning ikkinchi davrasida Lukash Laskoni qiyinchilik bilan 6:4, 6:7, 7:6 hisobida mag‘lub etdi.

    Taqqoslash uchun, slovakiyalik raketkasi ustasi dunyo reytingida 109, Do‘stov esa 162-o‘rinni egallab turibdi.

    O‘zbekistonlik tennischi ilk davrada italiyalik Matteo Violani 6:4, 4:6, 6:4 hisobida mag‘lub etgandi. Uning chorak finaldagi raqibi Igor Siysling bo‘ladi. Gollandiyalik tennischi dunyo reytingida 167-pog‘onadan joy olgan.


    Manba: Daryo.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Farrux Do‘stov Italiyadagi turnirning yakkalik bahslarida chorak finalga chiqdi