21:00 / 08.02.2018
3 711

Umid Ahmadjonov futzalchilarni OCh yarim final yo‘llanmasi bilan tabrikladi

Umid Ahmadjonov futzalchilarni OCh yarim final yo‘llanmasi bilan tabrikladi
Xitoy Taypeyida davom etayotgan futzal bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasining muvaffaqiyatli yurishi davom etmoqda. Bugun Bahodir Ahmedov shogirdlari chorak finalda Vetnamni yutib, yarim finalga yo‘l olishdi.

Shu munosabat bilan Milliy Olimpiya qo‘mitasi prezidenti, O‘FA 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov futzalchilarga tabrik yo‘lladi.

“Vetnamga qarshi o‘yiningizni Pxyonchandan turib tomosha qildim. Qiyin uchrashuvda ajoyib g‘alabani qo‘lga kiritdingiz! Bu g‘alaba bilan Sizlarni tabriklayman! Yaqinda U-23 Osiyo chempionati finalida futbolchilarimiz Vetnamni mag‘lub etib, xalqimizga katta xursandchilik taqdim qilishgandi.

Endi Sizlar ham Vetnamni Osiyo chempionatida taslim etib, yarim finalga yo‘l oldinglar. Ertaga yarim finalda juda jiddiy raqibga qarshi o‘yin o‘tkazasizlar. Bu o‘yinda bor kuch va mahoratingizni ishga solib, xalqimizga yana bir xursandchilik taqdim qiling. Ortingizda muhtaram Prezidentimiz, butun o‘zbek xalqi turibdi!

Umid qilamizki, Eronga qarshi yarim final o‘yinida ham shijoat va matonat namoyish etib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritasiz! Ortga yo‘l yo‘q, faqat olg‘a!”

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Umid Ahmadjonov futzalchilarni OCh yarim final yo‘llanmasi bilan tabrikladi