22:10 / 09.02.2018
8 643

Ertaga boks!!! “Cuba Domadores” – “Uzbek Tigers” juftliklari bilan tanishing

Ertaga boks!!! “Cuba Domadores” – “Uzbek Tigers” juftliklari bilan tanishing
Xabaringiz bor, boks bo‘yicha “Uzbek Tigers” jamoasi Butunjahon boks seriyalari (WSB) VIII mavsumidagi ilk uchrashuvni safarda Kubaning “Cuba Domadores” bokschilariga qarshi o‘tkazadi.

5 fevral kuni ushbu bellashuvlarda ishtirok etish uchun Kubaga yo‘l olgan bokschilarimiz ertaga tongda ringga chiqadi. Jang Toshkent vaqti bilan 10 fevral kuni tonggi soat 06:00da boshlanadi.

Ushbu to‘qnashuvlarda 52 kg, 60 kg, 69 kg, 81 kg, +91 kg vaznli bokschilar ishtirok etishi rejalashtirilgan.

“Cuba Domadores” – “Uzbek Tigers” juftlari bilan tanishing:
52kg: Yosbani Veita – Xudoynazar Fayzov;
60kg: Estrada Alvares – Shunqor Abdurasulov;
69kg: Roniel Iglesias – Mahmud G‘oipov;
81kg: Xulio La Kruz – Madiyar Saydraximov;
+91kg: Xose Gomes Larduyet – Bahodir Jalolov.

P.S. Sportchilarning jismoniy holatiga qarab murabbiylar ro‘yxatni o‘zgartirishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, musobaqaning birinchi hafta uchrashuvlarida “Cuba Domadores” o‘z maydonida “Colombia Heroicos” jamoasini 5:0 hisobida mag‘lub qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 27 fevral kuni Kuba va 1 mart Kolumbiya jamoalariga qarshi kechadigan uy uchrashuvlari Termiz shahrida o‘tkaziladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ertaga boks!!! “Cuba Domadores” – “Uzbek Tigers” juftliklari bilan tanishing