23:49 / 10.02.2018
4 790

Manba: [url=https://lokomotiv.uz/?p=4523&lang=uz]lokomotiv.uz[/url]

Эртага "Локомотив" - "Ал Ваҳда" учрашуви олдидан ўйинолди матбуот анжумани ўтказилади
12 fevral kuni "Lokomotiv" Osiyo Chempionlar Ligasi-2018 guruh bosqichi ilk tur o‘yinini o‘tkazadi. "Temiryo‘lchilar" 1-turda BAAning "Al Vahda" klubiga qarshi bahs yuritishadi.

Ertaga, 11 fevral kuni mazkur uchrashuv oldidan rasmiy tadbirlar bo‘lib o‘tadi. Jumladan, soat 11:00da har ikki klub rasmiylari o‘yinoldi mitingda ishtirok etishadi. Unda jamoalarning o‘yinni qanday libosda o‘tkazishlariga oydinlik kiritiladi. Soat 12:00da esa "Lokomotiv" stadioni matbuot anjumanlari zalida "Al Vahda" bosh murabbiyi hamda jamoaning yetakchi o‘yinchilaridan biri ishtirokida matbuot anjumani tashkil etiladi. Soat 12:15da "Lokomotiv" ustozi va bir nafar futbolchisi bilan o‘yinoldi matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

Soat 14:45da "Lokomotiv" jamoasi rasmiy mashg‘ulot o‘tkazadi. Soat 16:00dan boshlab "Al Vahda" jamoasi o‘zining o‘yinoldi rasmiy mashg‘ulotini o‘tkazadi. Har ikki mashg‘ulotning ham dastlabki 15 daqiqasi OAV vakillari uchun ochiq tarzda o‘tadi. Barcha turdagi OAV vakillarini ertaga matbuot anjumani hamda rasmiy mashg‘ulotga taklif etamiz.

Matbuot anjumanidan so‘ng jurnalistlarga akkreditatsion kartalar hamda o‘yin kuni bevosita media-tribunada o‘tirib ishlash imkonini taqdim etadigan media-chipta tarqatiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Manba: [url=https://lokomotiv.uz/?p=4523&lang=uz]lokomotiv.uz[/url]