06:03 / 11.02.2018
3 579

"Al Vahda" Toshkentga uch nafar legionerini olib kelmadi

"Ал Ваҳда" Тошкентга уч нафар легионерини олиб келмади
BAAning "Al Vahda" klubi OChL 1-turidan o‘rin olgan o‘yinni o‘tkazish uchun Toshkentga yetib keldi.
12 fevral kuni Laurensiu Regekampf boshchiligidagi jamoa "Lokomotiv" bilan o‘ynaydi.

E’tiborlisi "Vahda" safida Toshkentga uch nafar legioner kelmadi. Argentinalik Sebastyan Talyabu, marokashlik Murod Batna va koreyalik Rim Chang Vu O‘zbekistonga olib kelinmadi. Qizig‘i uchala futbolchi 7 fevral kuni BAA pro-ligasi doirasidagi "Xatta"bilan o‘yinda to‘liq o‘ynashgan, Talyabu o‘sha o‘yinda gol ham urgandi.

Ma’lumot uchun, ushbu mavsum Talyabu 14ta, Batna esa 7ta to‘p kiritgan. Qolgan hech bir futbolchi bunchalik ko‘p gol ura olmagan.

"Al Vahda" safida Toshkentga kelgan yagona legioner bu Vengriya terma jamoasi a’zosi Balash Djudjak hisoblanadi. Ushbu yarim himoyachi PSV, "Anji", "Dinamo Moskva", "Bursaspor" kabi klublarda faoliyat olib borgan.

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Al Vahda" Toshkentga uch nafar legionerini olib kelmadi