14:44 / 11.02.2018
3 326

Zidan: «PSJ» Ronaldudan ehtiyot bo‘lsin»

Zidan: «PSJ» Ronaldudan ehtiyot bo‘lsin»
«Real» bosh murabbiyi Zinedin Zidan «Real Sosedad» ustidan qozonilgan g‘alaba haqida fikr bildirdi. Kecha madridliklar raqib darvozasiga beshta gol urishning uddasidan chiqqan edi.

O‘yin haqida
«Birinchi bo‘lim juda ajoyib bo‘ldi. Tezkor gol urdik, raqibga bosim uyushtirib, juda intensiv harakat qildik. Keyin esa o‘yinni nazorat qildik, keyinni o‘yinni o‘ylab, almashtirishlarga qo‘l urdik. Men judayam xursandman. Birinchi daqiqadan gol urish hamisha yoqimli.

«PSJ» bilan o‘yin haqida
«PSJ» bilan o‘yinda kimlar maydonga tushishini hozirdan ma’lum, biroq bu haqda hozircha indamay turganim ma’qul.

Siz mendan Ronalduning o‘yinidan xavotirda ekanimni so‘radingiz. U bugun uchta gol urdi. Biz uning hamisha gol urishni istashini yaxshi bilamiz. «PSJ» undan ehtiyot bo‘lishiga to‘g‘ri keladi», dedi Zidan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Zidan: «PSJ» Ronaldudan ehtiyot bo‘lsin»