15:10 / 11.02.2018
5 215

Habib Nurmagomedov va Krishtianu Ronaldu o‘zaro sovg‘alar almashdi (video)

Habib Nurmagomedov va Krishtianu Ronaldu o‘zaro sovg‘alar almashdi (video)
Rossiyalik-ku jangchi, aralash yakkakurash musobaqalari yulduzlaridan biri Habib Nurmagomedov «Real» va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu bilan sovg‘alar almashdi. Bu ikki sportchining uchrashuvini Nurmagomedov o‘zining Instagram‘dagi sahifasiga joylashtirdi.

«Sovg‘alar almashdik. Albatta kim-kimga sovg‘a berishi mumkinligini siz yaxshi tushundingiz», — deb yozgan u.

Ronaldu Nurmagomedovning sahifasiga joylashtirilgan videoda «Assalomu aleykum» deya so‘zini boshlagan. U rossiyalik sportchiga to‘p va o‘zining futbolkasini sovg‘a qilgan bo‘lsa, Habib unga kavkaz milliy bosh kiyimi papaxa sovg‘a qilgan.

«Bu futbolkada Ronaldu bugun xet-trik qayd etdi, bu sovg‘a mening kolleksiyamda eng muhim joy egallaydi», — deb yozgan Nurmagomedov boshqa bir fotodagi rasmga.

Rossiyalik sportchi «Real» hujumchisi bilan Ispaniya chempionatining «Real Sosedad»ga qarshi uchrashuvidan so‘ng (5:2) ko‘rishgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Habib Nurmagomedov va Krishtianu Ronaldu o‘zaro sovg‘alar almashdi (video)