10:50 / 12.02.2018
4 352

Yengilmas bokschimiz Shohjahon Ergashev g‘alabalarga qanday qilib erishayotgani haqida gapirdi

Yengilmas bokschimiz Shohjahon Ergashev g‘alabalarga qanday qilib erishayotgani haqida gapirdi
Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetida yengilmas professional bokschimiz Shohjahon Ergashev bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Unda talabalar va Shohjahon ochiq muloqotga kirishdi.

Tardbirda bokschimiz janglarda qanday g‘alabaga erishgani va professional boksdagi faoliyati oldidan qanday yo‘l bosib o‘tgani haqida to‘xtalib o‘tdi.

“Men bu kunga qadar ko‘p qiyinchiliklarni boshimdan o‘tkazdim va hozirda ulardan mardonavor o‘tishga intilmoqdaman. Havaskor bokschi sifatida o‘z vazn toifamda O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi edim. Biroq ayrim sabablarga ko‘ra nufuzli musobaqalarda qatnasha olmadim. Bu haqda faqatgina chempionlik kamarini qo‘lga kiritganimdan so‘ng aytaman. Men raqib tanlamayman va jangda g‘alaba qozonish uchun bor imkoniyatimni ishga solaman”, dedi Shohjahon.


Tadbirda Shohjahon otasi haqida ham gapirarib o‘tdi.

“Otam, Abdusami Ergashev menga barcha sharoitni qiynalib bo‘lsa-da, yaratib berdi. U bokschi bo‘lishim uchun katta hissa qo‘shgan yagona odam va men uning birinchi hamda ohirgi shogirdiman. Men erishayotgan g‘alabalar otamniki. Dadamning dono maslahatlari va qo‘llab-quvvatlaganlari uchun hozirda o‘z vaznimda dunyoning o‘n ikkinchi bokschisiga aylandim”, - deydi Shohjahon.

Tadbir so‘ngida Shohjahon Ergashev bilan talabalar esdalik uchun suratga tushdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yengilmas bokschimiz Shohjahon Ergashev g‘alabalarga qanday qilib erishayotgani haqida gapirdi