23:27 / 12.02.2018
4 148

Ro‘ziqul Berdiyev: "Biz ertaga to‘qson daqiqa himoyalanmoqchi emasmiz"

Рўзиқул Бердиев: "Биз эртага тўқсон дақиқа ҳимояланмоқчи эмасмиз"
Bugun Tehron shahridagi Eron Islom Respublikasi futbol Federatsiyasida o‘yinoldi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Matbuot anjumanining dastlabki qismida "Nasaf" ustozi Ro‘ziqul Berdiyev hamda himoyachimiz Odiljon Hamrobekov ishtirok etdi.

-Avvalo assalomu alaykum. Ertaga biz kuchli raqib bilan o‘ynaymiz, shuningdek uchrashuv raqibimiz maydonida bo‘lib o‘tadi. Bunga qaramasdan biz ertaga yaxshi o‘yinimizni namoyish qilamiz va albatta biz uchun muhim bo‘lgan ijobiy natija uchun o‘ynaymiz. Oldimizda dastlab guruh bosqichiga vazifasi turgan edi, biz pley offda kuchli raqib bilan bahs olib bordik va maqsadimizga erishdik. Endi biz guruh bosqichida ishtirok etayapmiz, guruhimizda kuchli jamoalar yig‘ilishgan. Jamomizda ko‘plab yosh futbolchilar to‘p tepishadi. Ularda ishtiyoq juda kuchli va ertaga bo‘ladigan o‘yin ular uchun sinov vazifasini ham o‘tab beradi. Biz raqibni yaxshilab o‘rgandik va futbolchilarimizga kerakli ko‘rsatmalarni berdik.

Bizni durang qoniqtiradimi? Futbolchilarimiz hujumkor o‘yinni yaxshi uzlashtirishgan, yuqorida ta’kidlaganimdek, ertaga ijobiy natija uchun maydonga tushamiz.
Biz ertaga himoyaviy o‘yin o‘ynaymizmi yoki hujumkor o‘yin? Bu borada yuqorida fikrimni aytib ketdim. “Nasaf” himoyaviy o‘yinni yoqtirmaydigan jamoa hisoblanadi. Agar hujum qilmasang gol ham ura olmaysan va kerakli natijaga ham erisha olmaysan. Albatta himoya ham kerak, ammo biz ertaga 90 daqiqa himoyada o‘ynamoqchi emasmiz.

Odiljon Hamrobekov:
-Biz Eronga shunchaki kelmadik. Maqsadimiz yuqori. O‘ylaymanki, biz ertaga o‘z o‘yinimizni o‘ynaymiz va ijobiy natijaga erishamiz. O‘zbek futbol ishqibozlari bizdan ertaga ham g‘alaba kutayapti, biz ularni xursand qilmoqchimiz.

Hamrobekovga savol: Bilsangiz “Persepolis”da kuchli hujumchilar bor, himoyachi sifatida bunga tayyormisiz?
-Biz raqibni yaxshi o‘rgandik va murabbiyimizdan kerakli ko‘rsatmalarni ham oldik. Raqib jamoada kuchli hujumchilar bo‘lsa, bizda kuchli himoyachilar bor.

Berdiyevga savol: Ertaga “Ozodiy”da ko‘pminglab muxlislar tashrif buyurishadi. Sizda asosan yosh futbolchilar ko‘p. Bu holat ularni gangitib qo‘ymaydimi?
-Bu holat bizning yosh o‘yinchilarga rag‘bat bo‘lar edi. Qani endi stadion muxlislarga to‘lib toshsa. Futbolchilar bundan faqat kuch olishadi. Biz uchun bu yoqimli bo‘lar edi. So‘zimni oxirida hammalaringizga tashakkur bildiraman.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ro‘ziqul Berdiyev: "Biz ertaga to‘qson daqiqa himoyalanmoqchi emasmiz"