16:25 / 13.02.2018
3 970

Bugun “ajdarlar” OChLdagi yurishlarini boshlashadi

Bugun “ajdarlar” OChLdagi yurishlarini boshlashadi
Xabaringiz bor bugun Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichining dastlabki turidan o‘rin olgan bir qator bahslar bo‘lib o‘tadi. Hususan, Qarshining “Nasaf” klubi safarda “Persepolis” mehmoni bo‘ldi.

Tehrondagi mashhur “Ozodiy” stadionida bo‘lib o‘tadigan bahs har ikkala jamoa uchun ham o‘ta muhim hisoblanadi. Boisi, ilk turda qozoniladigan g‘alaba jamoalarning keyingi bosqichga chiqishi uchun muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi. Buni xatto raqib jamoa ustozi Branko Ivankovich ham kecha bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida takror va takror aytib o‘tdi.

“O‘zingiz bilasiz, birinchi o‘yin doimo qiyin bo‘ladi. Ko‘p narsa shu birinchi o‘yinga ko‘proq bog‘lik, dastlabki o‘yinda g‘alabaga erishish, keyingi o‘yinlarni ancha osonlashtiradi. Takror aytaman, birinchi o‘yin hamisha og‘ir bo‘ladi. O‘yinda har qanday natija bo‘lishi mumkin. Biz ertaga kuchli raqiblarimizdan biri bilan o‘ynaymiz. Futbolchilarimiz o‘yinda diqqatlarini yo‘qotmasligi talab etiladi. Biz “Nasaf”ning o‘yinlarini ko‘rib, tahlil qildik. Jamoa juda yaxshi shaklllangan. Keyingi o‘tkazgan besh o‘yinining to‘rtasida g‘alaba qozongan.” – deydi mezbonlar bosh murabbiyi.

O‘z navbatida “ajdarlar” ustozi Ro‘ziqul Berdiyev esa garchi jamoasi mehmonda kuchli raqibga qarshi to‘p sursada, faqat g‘alaba uchun o‘ynashini aytib o‘tdi.

“Ertaga biz kuchli raqib bilan o‘ynaymiz, shuningdek uchrashuv raqibimiz maydonida bo‘lib o‘tadi. Bunga qaramasdan biz ertaga yaxshi o‘yinimizni namoyish qilamiz va albatta biz uchun muhim bo‘lgan ijobiy natija uchun o‘ynaymiz.

Bizni durang qoniqtiradimi? Futbolchilarimiz hujumkor o‘yinni yaxshi uzlashtirishgan, yuqorida ta’kidlaganimdek, ertaga ijobiy natija uchun maydonga tushamiz.”, - deydi tajribali mutaxassis.

Eslatib o‘tishimiz lozimki, “Nasaf”ning bugungi raqibi Eronning amaldagi chempioni, qolaversa ayni damda chempionatning yaqqol peshqadam hisoblanadi. “Persepolis” Eronning 10 karra chempioni, 9 karra vitse-chempioni hisoblanadi. Jamoa shuningdek mamlakat kubogida 5 marta zafar quchgan. Ushbu jamoa shuningdek 1991 yili Osiyo kubok egalarining kubogini qo‘lga kiritgan va bir marta ushbu musobaqaning finalchisi bo‘lgan.

“Persepolis” – “Nasaf” o‘rtasidagi uchrashuvni Janubiy koreyalik taniqli hakam Kim Dong Jin boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Unga qanotlarda hamyurtlari Sung Bonkyun, Kvak Suyungsunlar yordam berishadi. Uchrashuvda zaxira hakami sifatida qirg‘izistonlik hakam Dmitriy Mashensev ishlaydi. Uchrashuv nazoratchisi esa saudiyalik Muhammad Basil Alhajjar. O‘yinga esa singapurlik Sivakumar komissar etib tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, bugungi bahsda “Persepolis” qizil, “Nasaf” esa ko‘k libosda maydonga tushadi.

OChL-2018. “S” guruhi, 1-tur

“Persepolis” (Eron) – “NASAF” (O‘zbekiston)

13 fevral Tehron. “Ozodiy” stadioni. 18:15

Bosh hakam: Kim Dong Jin (J.Koreya)
Yordamchi hakamlar: Sung Bonkyun (J.Koreya), Kvak Suyungsun (J.Koreya)

Zaxira hakami: Dmitriy Mashensev (Qirg‘iziston)
Nazoratchi: Muhammad Basil Alhajjar (Suriya)

Uchrashuv komissari: Sivakumar (Singapur).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bugun “ajdarlar” OChLdagi yurishlarini boshlashadi