22:30 / 13.02.2018
3 466

Zidan: Bu uchrashuv Ronaldu - Neymar qarshiligi emas, «Real» va «PSJ» kurashi

Zidan: Bu uchrashuv Ronaldu - Neymar qarshiligi emas, «Real» va «PSJ» kurashi
«Real» klubi bosh murabbiyi Zayniddin Zidan «PSJ» jamoasiga qarshi o‘yin haqida gapirib o‘tdi.

«Biz faqatgina ertangi o‘yin haqida o‘ylayapmiz. Bizga ertaga Fransiya jamoasi to‘qnash kelgani men uchun umuman ahamiyati yo‘q. Ertaga yaxshi o‘yin ko‘rsatish haqida o‘ylamoqdaman. Ha, men Marsel shahridanman va «PSJ» klubi har doim bizning asosiy raqib edi. Ammo men hozir «Real» klubidaman va faqat shu haqida o‘ylamoqdaman. Umid qilamanki, chiroyli o‘yin bo‘ladi.

Ronaldu va Neymar – ajoyib futbolchilar. Ronaldu 5 ta «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan kuchli futbolchi va shuning uchun ham ularni taqqoslab bo‘lmaydi. Bu o‘yin Ronaldu Neymarga qarshi bahs emas, balki «Real» va «PSJ» kurashidir. Neymarga qarshi alohida e’tibor bo‘ladimi? Izohsiz.

Ayni damda imkoniyatlar teng.Ushbu darajadagi o‘yinlarda ishtirok etar ekanmiz – juda ham xursandman va shuning uchun ham yashamoqdamiz. Muxlislar chiroyli futbol ko‘rish tarafdori», - deydi Zidan UYeFAning rasmiy saytiga bergan intervyusida.


Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Zidan: Bu uchrashuv Ronaldu - Neymar qarshiligi emas, «Real» va «PSJ» kurashi