O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi o‘rnida Sport ishlari vazirligi tashkil etildi. Kun.uz manbasi ma’lumot berishicha, prezidentning tegishli farmoni imzolangan.
Ma’lum qilinishicha, qo‘mita raisi Rustam Qurbonov lavozimdan ketgan. U 2017 yil fevralida yangi tashkil qilingan qo‘mitaga rahbarlik qilib kelayotgandi.
Foto: Rustam Qurbonov / Xalqaro press klub
Endi uning o‘rnida yangi tuzilgan vazirlikka O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutining sobiq rektori, O‘FFning sobiq vitse-prezidenti Shoakram Isroilov rahbar bo‘ldi.
Foto: Shoakram Isroilov
Milliy olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Oybek Qosimov vazir o‘rinbosariga aylandi.
Foto: Oybek Qosimov
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 15 fevralida imzolangan «Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tugatilib, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi tashkil etilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi