Bugun «Santyago Bernabeu»da titanlar jangi - «Real» «PSJ»ni qabul qiladi

  • Sport
  • 14-02-2018, 15:05
  • 478
  • Бугун «Сантьяго Бернабеу»да титанлар жанги - «Реал» «ПСЖ»ни қабул қилади
    Shubhasiz, Chempionlar Ligasi nimchorak finalidagi eng qiziqarli o‘yinlar - «Real» va «PSJ» qarama-qarshligidir.

    Ikkala jamoa finalda duch kelsa, hech kim hayron qolmasdi, ammo qur’a ularni 1/8 finalda yuzlashtirdi.

    Parijliklar uchun bu o‘yin juda muhimdir. Klub rahbariyati bir necha yillardan buyon nufuzli musobaqa g‘olibi bo‘lishni orzu qilmoqda. Yozda tarkib ham shunga yarasha kuchaytirildi. Neymar va Mbappe transferlari aynan Chempionlar Ligasidagi g‘alabani ko‘zlab, amalga oshirildi.

    «Real» - g‘oliblik ruhiyatiga ega jamoadir. Ichki chempionatdagi muammolarga qaramay, jamoa Chempionlar Ligasida zafar quchish uchun asosiy da’vogarlardan biri bo‘lib qolmoqda. Ammo, qatorasiga uchinchi marta musobaqada g‘olib chiqish oson bo‘lmaydi.

    Qarama-qarshilikning qiziqarli faktlari:
    Jamoalar o‘zaro 6 marta to‘qnash kelganlar, har ikkalasida ikkitadan g‘alaba bor. Agar faqat pley-offni nazarda tutsak, «PSJ» ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, har doim g‘alaba qozongan.

    «Real» yevrokuboklarning o‘z maydonida o‘tkazilgan so‘nggi 17ta o‘yinida mag‘lubiyatga uchramagan.

    «Real» so‘nggi marta Fransiya klubiga 8 yil oldin yutqazgan (Chempionlar Ligasi nimchorakfinalida «Lion»ga).

    Madridda fransuzlar faqat bir marta g‘alaba qozonganlar («PSJ» Kubok egalari kubogi 1993/94 chorakfinalida).

    Murabbiylarning fikrlari:
    «PSJ» bosh murabbiyi Unai Emeri fikriga ko‘ra, uning shogirdlari madridliklardan cho‘chimaydi va g‘alaba qozonishga tayyorlar.

    «Bu o‘yin o‘z kuchimizni namoyish qilish uchun ajoyib imkoniyat. Nimalarga qodir ekanimizni ko‘rsatimish shart.
    Bizga turnir rekordchisi - 11 marta g‘olib chiqqan jamoa duch keladi. Biz raqibni hurmat qilamiz, ammo uni mag‘lub etishga qodirmiz va bunga tayyormiz.

    Men jamoamga to‘liq ishonaman. Bizga og‘ir bo‘lishi shubhasiz, ammo bosim uyushtirgan holda, o‘z kuchimizni ko‘rsata olamiz.

    «Real» eng kuchli tarkibini tushirishiga ishonaman. O‘z navbatida biz ham. Bu o‘yin har ikkala jamoa uchun ham muhim ahamiyatga ega. Men kuchlilarga qarshi o‘ynash va ularni yengish uchun bu yerda ishlayapman. Bunday kurashlardan zavq olaman» - dedi Emeri.

    «Real» bosh murabbiyi Zinedin Zidan har ikkala jamoaning imkoniyati teng deb hisoblamoqda.

    «Biz o‘yinga tayyormiz. Men Marselda tug‘ilib o‘sganman va «PSJ» biz uchun har doim ashaddiy raqib hisoblangan. O‘ylaymanki, bu juda chiroyli o‘yin bo‘ladi.

    Ronaldu va Neymar — zo‘r futbolchilar. Bu ularning qarama-qarshiligi emas, balki «Real» - «PSJ» to‘qnashuvi bo‘ladi. Neymarga shaxsiy qo‘riqchi tayinlash? Bu savolni javobsiz qoldiraman.

    Imkoniyatlar teng. Biz mana shunday bahslarda ishtirok etish uchun ishlayapmiz v yashayapmiz. Muxlislar bizdan chiroyli o‘yin kutmoqdalar» - dedi Zidan.

    Taxminiy tarkiblar:

    «Real»: Navas, Nacho, Varan, Ramos, Marselo, Kroos, Kazemiro, Modrich, Beyl, Benzema, Ronaldu.

    «PSJ»: Areola, Alves, Markinos, Silva, Kurzava, Veratti, Selso, Rabio, Mbappe, Kavani, Neymar.

    Chempionlar Ligasi, 1/8 final, dastlabki o‘yin
    15 fevral
    «Real» - «PSJ»

    Stadion: "Santyago Bernabeu"
    O‘yinning boshlanishi: 00:45
    Bosh hakam: Janluka Rokki

    Яндекс.Метрика