18:20 / 17.02.2018
4 782

Mirko Yelichich O‘zbekiston terma jamoasida ish boshlashi mumkin

Mirko Yelichich O‘zbekiston terma jamoasida ish boshlashi mumkin
Toshkentning «Lokomotiv» klubi murabbiyi sifatida ishlab kelayotgan Mirko Yelichich O‘zbekiston terma jamoasi murabbiylar shtabidan o‘rin olishi mumkin. Bu haqda vaziyatdan xabardor manba Tribuna.Uz‘ga ma’lum qilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasiga vaqtinchalik bosh murabbiy etib tayinlangan Temur Kapadze murabbiylari shtabidan «Lokomotiv» murabbiylari Mirko Yelichich va shuningdek O‘zbekiston terma jamoasi sobiq himoyachisi Andrey Fyodorov ham o‘rin olishi kutilmoqda. Darvozabonlar murabbiyi vazifasini esa Pyotr Gizimchuk bajarishi mumkin.

Hozircha bu borada rasmiy ma’lumot berilmagan. Murabbiylikka tayinlanganidan so‘ng Kapadze murabbiylar shtabini tuzib olish uchun ma’lum vaqt olgani haqida gapirib o‘tgandi.

Ma’lumot uchun, Mirko Yelichich «Lokomotiv»da bir necha yildan beri ishlab kelmoqda. U klub natijalariga javob beradigan bosh murabbiy sanaladi. Ammo Mirkoning tegishli litsenziyasi bo‘lmagani sababli odatda rasmiy ma’lumotlarda Andrey Miklyayev «Lokomotiv» bosh murabbiyi sifatida qayd etiladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mirko Yelichich O‘zbekiston terma jamoasida ish boshlashi mumkin