19:50 / 17.02.2018
4 738

Temur Kapadze terma jamoaga 30 nafar futbolchini jalb etdi

Temur Kapadze terma jamoaga 30 nafar futbolchini jalb etdi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi Temur Kapadze 2018 yilgi jahon chempionatining ikki ishtirokchisi - Senegal va Marokash terma jamoalariga qarshi o‘yinlarda maydonga tushishi mumkin bo‘lgan futbolchilarning kengaytirilgan ro‘yxatini O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyatiga taqdim etdi. Kengaytirilgan ro‘yxatdan quyidagi 30 nafar futbolchilar joy oldi.

Darvozabonlar:
Eldor Suyunov «Paxtakor»
Botirali Ergashev «Paxtakor»
Ignatiy Nesterov «Lokomotiv»
Javohir Ilyosov «Mash’al»

Himoyachilar:
Farrux Sayfiyev «Paxtakor»
Dostonbek Tursunov «Neftchi»
Sherzod A’zamov «Paxtakor»
Umar Eshmurodov «Nasaf»
Anzur Ismoilov «Chan Chun Yatay» (Xitoy)
Islom To‘xtaxo‘jayev «Lokomotiv»
Shuhrat Muhammadiyev «Lokomotiv»
Vitaliy Denisov «Lokomotiv» Moskva (Rossiya)
Akmal Shorahmedov «Paxtakor»
Oleg Zoteyev «Lokomotiv»
Akrom Komilov «Bunyodkor»
Rustam Ashurmatov «Bunyodkor»

Yarim himoyachilar:
Odil Hamrobekov «Nasaf»
Odil Ahmedov «Shanxay SIPG» (Xitoy)
Otabek Shukurov «Sharja» BAA
Eldor Shomurodov «Rostov» (Rossiya)
Jaloliddin Masharipov «Paxtakor»
Javohir Siddiqov «Qo‘qon 1912»
Ikrom Aliboyev «Lokomotiv»
Sardor Rashidov «Lokomotiv»
Doston Hamdamov «Bunyodkor»
Sardor Mirzayev «Lokomotiv»
Fozil Musayev «Jubilo Ivata» (Yaponiya)
Jasur Yaxshiboyev «Paxtakor»

Hujumchilar:
Temurxo‘ja Abduholiqov «Al Sayliya» (Qatar)
Marat Bikmayev «Lokomotiv»

Ma’lumot uchun, terma jamoamiz 19 mart kuni Toshkentda yig‘iladi. Ertasiga, 20 mart kuni esa futbolchilar Istanbul orqali Marokashga jo‘nab ketishadi. Vakillarimiz 23 mart kuni Senegal terma jamoasiga qarshi o‘yin o‘tkazsalar, 27 mart kuni Marokashga qarshi maydonga tushadilar. Har ikkala o‘yin Kasablanka shahrida tashkil etiladi. Eslatib o‘tamiz, Marokash safariga Kapadze o‘sha kungi xolatga ko‘ra jismoniy va funksional jihatdan eng yaxshi tayyorgarlikka ega bo‘lgan 23 nafar futbolchini olib ketadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Temur Kapadze terma jamoaga 30 nafar futbolchini jalb etdi