09:03 / 18.02.2018
4 070

«Buni to‘xtatish kerak» — PSJ prezidenti «Real»dan uchralgan mag‘lubiyat haqida

«Buni to‘xtatish kerak» — PSJ prezidenti «Real»dan uchralgan mag‘lubiyat haqida
PSJ klubi prezidenti Nosir Al-Halafi Yevropa chempionlar ligasi nimchorak final bosqichining birinchi uchrashuvida uchralgan mag‘lubiyatga izoh berdi.

Bilasiz, Madridda o‘tkazilgan uchrashuvda Ronaldu va Marseloning gollari evaziga «Real» 3:1 hisobida g‘alaba qozongan edi.

«O‘tgan yili ham «Barselona» bilan xuddi shunday bo‘lgan edi. Bu yil esa «Real» bilan. Biz «Real» emasmiz, ammo buni to‘xtatish kerak. «PSJ» futbolchilariga ko‘rsatilgan ikki sariq kartochka adolatli emasdi, Mbappe esa o‘yindan tashqari holatda emasdi.

Men hakamlar tufayli yutqazdik, demoqchi emasman, ammo mana shunaqa kichik detallar ham «Real» kabi katta klublar yordamiga xizmat qilmoqda», — dedi PSJ prezidenti.

Ikki jamoa o‘rtasidagi javob uchrashuvi 6 mart kuni o‘tkaziladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Buni to‘xtatish kerak» — PSJ prezidenti «Real»dan uchralgan mag‘lubiyat haqida