Ispaniya La ligasining 24-turi doirasida "Barselona" safarda "Eybar" mehmoni bo‘ldi va oson bo‘lmagan g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Mezbonlar butun uchrashuv davomida kataloniyaliklarga nisbatan pressing qo‘llab, hujumkor o‘yin namoyish qilishga harakat qildi. Bu Valverde shogirdlari uchun ayrim qiyinchilik yuzaga keltirish bilan birga, ba’zi vaziyatlarda qulaylik ham yaratdi. Xususan, bahsning 16-daqiqasida "Barsa" qarshi hujumda mezbonlarni jazoladi. Messining ideal uzatmasidan keyin Suares birga-bir vaziyatga chiqdi hamda darvozabonni aldab o‘tib, bo‘sh darvozani ishg‘ol qildi.
Oradan 3 daqiqa o‘tib "Eybar" hisobni tenglashtirishi mumkin edi. Orelyana jarima maydonchasi tashqarisidan yo‘llagan xafli zarba natijasida to‘p to‘singa tegib, yuqoriga ko‘tarilib ketdi.
Birinchi bo‘lim tugashiga 8 daqiqa qolganida darvoza ustunini poylash navbati Messiga keldi. Leoning uzatmasidan keyin Suares chap qanotdan darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi. U darvozabonni aldab o‘tdi va o‘tkir burchak ostida zarba bermasdan, to‘pni orqadan yetib kelgan Lionelga yetkazishga qaror qildi. Argentinalik futbolchining zarbasidan keyin olis ustunga tegib qaytdi.
Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida "Eybar" maydonda o‘n kishi bo‘lib qoldi: hissiyotlarini jilovlay olmagan Orelyana ikkinchi sariq kartochkani olib, maydonni tark etdi.
O‘yin so‘ngida "Barselona" ikkinchi golni urishga muvaffaq bo‘ldi. Koutino diagonal uzatma bilan o‘ng qanotdan oldinga o‘tayotgan Vidalni to‘p bilan ta’minladi. Aleish to‘pni to‘xtatmasdan jarima maydonchasidagi Messiga yetkazdi. Lionelning birga-bir vaziyatda bergan zarbasini Dmitrovich qaytardi. Chap qanotdan yordamga kelgan Alba o‘ng oyog‘i bilan darvozaning bo‘sh qolgan qismini ishg‘ol qildi.
Shu tariqa, "ko‘k-anorranglilar" La ligada ketma-ket ikkita durangdan keyin g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi. Kataloniyaliklar o‘z ochkolarini 62taga yetkazib, "Atletiko" bilan farqni 10 ochkoga yetkazishdi.
Ispaniya La ligasi, 24-tur
"EYBAR" - "BARSELONA" 0:2 (0:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 16 Suares, 0:2 – 88 Alba.
Eybar – Dmitrovich, Arbilya, Ramis (Lomban, 46), Xose Anxel, Penya, Dani Garsiya, Diop (Eskalante, 74), Jordan (Sharles, 83), Orelyana, Inui, Kike.
Barselona – ter Shtegen, Umtiti, Pike, Alba, Paulino (Aleish Vidal, 74), Serdji Roberto (Nelson Semedu, 90), Buskets, Rakitich, Inesta (Koutino, 63), Messi, Suares.
Ogohlantirishlar: Inesta (48), Orelyana (58), Diop (66).
Chetlatish: Orelyana (66).
Manba: stadion.uz
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi