14:25 / 18.02.2018
5 948

"Liverpul" ishqibozlari "musulmon bo‘lishga va’da berishdi" (video)

"Ливерпуль" ишқибозлари "мусулмон бўлишга ваъда беришди" (видео)
Al Jaziyra kanalining xabar berishicha, «Liverpul» futbol klubining 25 yoshli hujumchisi, misrlik Muhammad Salohning raqiblar darvozasiga urgan ajoyib gollaridan rag‘batlangan ayrim ishqibozlar musulmon bo‘lishga «va’da bergan».

«Liverpul» jamoasi ishqibozlaridan biri hayajon bilan «Agar Saloh yana bir nechta gol ursa, men musulmon bo‘laman», degani o‘yinni suratga olayotgan telekamera orqali namoyish qilingan. Joriy yilgi mavsumda raqiblar darvozasini ko‘p martalab aniq nishonga olib kelayotgan Muhammad Salohga hurmati benihoya oshib borayotgan ishqibozlardan biri «U masjidga borar ekan. Endi men ham masjidga borishni xohlayman», deb xitob qilgan.

Instagram va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan videoroliklarda muxlislarning Salohga haqida quyidagicha qo‘shiq kuylayotgani ham aks etgan:

U sen uchun zo‘r bo‘lsa,
Men uchun ham zo‘r!
U yana bir gol ursa,
Musulmonman, ko‘r!

Aytishlaricha, o‘zi haqidagi qo‘shiqlar Salohga ham yoqqan. Saloh betakror qobiliyati va zo‘r mahorati tufayli qisqa fursatda britaniyalik futbol ishqibozlari qalb to‘ridan o‘rin egallashga ulgurdi. 2017 yilda VVS futbol bo‘yicha Misr terma jamoasi a’zosi Muhammad Salohni «Afrikaning eng zo‘r futbolchisi» deb e’lon qilgan.

14 fevral kuni Porto jamoasiga qarshi o‘yinda Muhammad Saloh «Liverpul»ning 125 yillik tarixida bir mavsumda raqib darvozasiga 30 ta to‘p kiritgan beshinchi futbolchi bo‘ldi. Ungacha so‘nggi bor 2014 yilda «Barselona» futbol jamoasida to‘p surgan Luis Suares bir mavsumda 30 ta gol urgan futbolchi bo‘lgan edi. Saloh erishgan yuqori natijalar tufayli ba’zi ishqibozlar uni argentinalik Lionel Messidek afsonaviy futbolchiga taqqoslashyapti.

Ko‘pchilik «Misr Qiroli» laqabini olgan Salohning timsoli Angliya futbolida chuqur ildiz otgan irqchilikka barham berishda yordam berishi mumkin, degan fikrda. Futbolda irqchilikka qarshi kurash olib boradigan Kick It Out tashkiloti 7 fevral kuni e’lon qilgan hisobotida 2017-2018 yilgi mavsum o‘rtasiga kelib, futbolchilar o‘rtasida irqchilik bilan bog‘liq voqealar ko‘paygani bildirilgan. Hujjatga ko‘ra, 2017 yilda mazkur tashkilotga irqchilikka aloqador 282 ta voqea yuzasidan 300 ta ma’lumot kelib tushgan. Bu 2016 yilgi irqchilik bilan bog‘liq 177 ta voqeaga nisbatan 59 foizga ko‘pdir.

O‘z o‘rnida shuni takidlab o‘tmoqchimizki, musulmon kishi o‘z axloqi, tirishqoqligi, o‘z vazifalariga mas’uliyat bilan yondashib, boshqalarga ibrat bo‘lmog‘i lozim. Zero, eng kuchli da’vat – musulmonning munosib va go‘zal axloqidir.


Manba: Info.islom.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Liverpul" ishqibozlari "musulmon bo‘lishga va’da berishdi" (video)