14:50 / 18.02.2018
7 028

Davron Kabulov: "Endi terma jamoa a’zolari yarim tungacha “Chelsi pab”da chilim chekishmaydi..."

Даврон Кабулов: "Энди терма жамоа аъзолари ярим тунгача “Челси паб”да чилим чекишмайди..."
Xabaringiz bor, bir necha kun oldin yaqindagi futbolchilik faoliyatini yakunlagan Temur Kapadze O‘zbekiston milliy terma jamoasining vaqtinchalik bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Ushbu voqeaga hamma turlicha fikr bildirmoqda. Jumladan “Million” jamoasi a’zosi, jurnalistikada o‘z o‘rniga ega bo‘lgan Davron Kabulov Temur Kapadzening ushbu lavozimga tayinlanishiga quyidagicha izoh qoldirdi.

- Kapazde tayinlanishida plyus: endi terma jamoa a’zolari yarim tungacha “Chelsi pab”da chilim chekishmaydi – murabbiy o‘sha yerda o‘tirishini hamma biladi))), - deya yozadi Kabulov o‘zining shaxsiy ijtimoiy tarmoqlarida.

Eslatib o‘tamiz, kecha Kapadze 2018 yilgi jahon chempionatining ikki ishtirokchisi - Senegal va Marokash terma jamoalariga qarshi o‘yinlarda maydonga tushishi mumkin bo‘lgan futbolchilarning kengaytirilgan ro‘yxatini taqdim etdi. Kengaytirilgan ro‘yxatidan 30 nafar futbolchi joy oldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Davron Kabulov: "Endi terma jamoa a’zolari yarim tungacha “Chelsi pab”da chilim chekishmaydi..."