21:00 / 18.02.2018
4 230

Igor Sergeyev jamoasini “Paxtakor”ni yutishga kuchi yetmadi (video)

Igor Sergeyev jamoasini “Paxtakor”ni yutishga kuchi yetmadi (video)
Toshkentning “Paxtakor” klubi ayni vaqtda Dubayda yig‘in o‘tkazmoqda. “Sherlar” yig‘inning uchinchi kunida birinchi nazorat uchrashuvida maydonga tushishdi.

Raqib BAA yuqori ligasida ishtirok etuvchi “Al-Dafra” klubi bo‘ldi. Ushbu jamoaga yanvar oyidan “Paxtakor” sobiq vakili Igor Sergeyev qo‘shilgandi.

Igor dastlabki daqiqalardan “Paxtakor”ga qarshi o‘yinda maydonga tushirildi.

“Paxtakor” murabbiyi Shota Arveladze dastlabki uchrashuvda 11 nafar futbolchini almashtirmasdan o‘ynatishga qaror qildi.

Bellashuv “Paxtakor”ning sezilarli ustunligi ostida kechgan. Jamoa legionerlari Rostin Griffits hamda Ismoil Gonsalveshlarning gollari “Paxtakor”ga yakunda g‘alaba taqdim etgan.

Shu tariqa, “Paxtakor” BAAdagi birinchi o‘yinida Igor Sergeyev jamoasini 2:0 hisobida mag‘lub etgan.

“Paxtakor” – “Al-Dafra” - 2:0.

Gollar:
Griffits 28, Gonsalvesh 80.
“Paxtakor”: Suyunov, Sayfiyev, A’zamov, Tojiyev, Shorahmedov, Griffits, Ahmedov, Masharipov, Abdurahimov, Bezerra, Gonsalvesh.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Igor Sergeyev jamoasini “Paxtakor”ni yutishga kuchi yetmadi (video)