00:37 / 19.02.2018
4 746

«Al Vasl» Qarshiga yetib keldi

«Al Vasl» Qarshiga yetib keldi
Birlashgan Arab Amirligining Dubay shahridan, to‘g‘ri Qarshi shahriga parvoz qilgan havo layneri soat 21:00da Qarshi aeroportiga kelib qo‘ndi. 50 kishidan iborat “Al Vasl” klubi vakillari Qarshi shahriga yetib kelishdi.

“Al Vasl” klubi delegatsiyasini klubimiz rasmiylari, karnay-surnay sadolari ostida, tantanali kutib olishdi. Mehmonlar shahrimizdagi “Sulton” mehmonxonasida istiqomat qilishadi.

Eslatib o‘tamiz, ertaga o‘yinoldi rasmiy tadbirlar bo‘lib o‘tadi. Jumladan, jamoalar “Markaziy”da rasmiy mashg‘ulotlar ham o‘tkazishadi.

Quyida mehmonlarni kutib olish jarayonidan olingan suratlarni tomosha qiling.





Manba: www.fcnasaf.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Al Vasl» Qarshiga yetib keldi