Qarshining «Nasaf» klubi bugun — 20 fevral sanasida Amirliklarning «Al-Vasl» klubini qabul qiladi. Bellashuv 18:00 da start oladi.
«Nasaf» Chempionlar Ligasining ilk turini fors chempionatida yetakchi bo‘lib turgan «Persipolis»ga qarshi o‘tkazib, 0:3 hisobida imkoniyatni boy bergandi. O‘z navbatida «Al-Vasl» ham xalqaro maydondagi ishtirokini mag‘lubiyat bilan boshlab, uy uchrashuvida Qatarning «As-Sadd» klubiga imkoniyatni boy bergan.
Bellashuvni Avstraliyadan kelgan hakam Jillet Jared boshqarib boradi. Guruhdagi ikkinchi o‘yin esa Dohada kechib, 1-tur qahramonlari o‘zaro to‘qnash keladi. Sport-TV «Nasaf» ishtirokidagi bellashuvni jonli ko‘rsatishni rejalashtirgan.
Chempionlar Ligasi
«C» guruhi. 2-tur
20 fevral, seshanba
«Nasaf» — «Al-Vasl» (BAA)
«As-Sadd» (Qatar) — «Persipolis» (Eron) “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi