09:50 / 21.02.2018
3 659

YECHL. Messi “Chelsi” darvozasiga gol urib, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi (video)

ЕЧЛ. Месси "Челси" дарвозасига гол уриб, жамоасини мағлубиятдан қутқариб қолди (видео)
Londonda kechgan “Chelsi” hamda “Barselona” o‘rtasidagi Chempionlar Ligasi 1/8 finalining ilk o‘yini durang bilan yakunlandi.

62-daqiqada Villian gol urib, mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Oradan 13-daqiqada Lionel Messi Inyesta uzatmasidan unumli foydalanib, jamoasiga durang olib keldi. Bu argentinalik hujumchi uchun “Chelsi” darvozasiga kiritilgan ilk gol bo‘ldi. Bunga qadar u londonliklar darvozasini 8 ta o‘yindan buyon ishg‘ol qila olmayotgan edi.

Jamoalar o‘rtasidagi javob o‘yini 14 mart kuni Kataloniyada bo‘lib o‘tadi.

Chelsi Angliya – Barselona Ispaniya 1:1 (0:0, 1:1)

Gollar:
1:0 – 62 Villian, 1:1 – 75 Messi.

Chelsi – Kurtua, Aspilikueta, Kristensen, Ryudiger, Mozes, Fabregas (Drinkuoter, 84), Kante, Alonso, Villian, Azar, Pedro (Morata, 83).

Barselona – ter Stegen, Serdji Roberto, Pike, Umtiti, Alba, Paulino (Aleish Vidal, 63), Rakitich, Buskets, Inyesta (Andre Gomesh, 90), Messi, Suares.

Ogohlantirishlar: Rakitich (29), Suares (76), Ryudiger (80), Morata (86), Buskets (90).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » YECHL. Messi “Chelsi” darvozasiga gol urib, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi (video)