15:25 / 21.02.2018
5 216

O‘zbekistonlik bola Ramzon Qodirovning o‘g‘illarini jangga chorlagan bolani jangga chorlamoqda (video)

O‘zbekistonlik bola Ramzon Qodirovning o‘g‘illarini jangga chorlagan bolani jangga chorlamoqda (video)
O‘zbekistonlik Hakimjon ismli 10 yoshli bola avvalroq Checheniston rahbari Ramzon Qodirovning 10 yoshli va 9 yoshli o‘g‘illari Ahmad va Adamni ulardan MMA kamarini olish maqsadida jangga chorlagan qozog‘istonlik tengquri Abay Tojiboyga jang o‘tkazish taklifini bildirdi.

Bola o‘z taklifini Abay kabi video orqali bildirdi. U videoda o‘zini tay boks bo‘yicha ikki karra chempion deb tanishtiradi. “Abay Tojiboy men seni jangga chorlayman. Ishonchim komil, men seni yenga olaman”, deb aytgan yosh sportchi.

So‘ngra videoda Hakimjonning mashg‘ulotlaridan lavhalar namoyish qilinadi.

2016 yil oktyabrda Chechenistonda aralash yakkakurash (MMA) qoidalariga ko‘ra bolalar o‘rtasida ko‘rgazmali janglar bo‘lib o‘tgan. Janglarda Qodirovning 3 o‘g‘li ham ishtirok etgan. Uning to‘ng‘ich o‘g‘li Ahmad raqibini nokautga uchrata olgan, qolgan ikki o‘g‘li ham g‘alabalarga erishgan.

Rossiyalik mashhur yakkakurashchi Fyodor Yemelyanenko bolalar o‘rtasida bunday janglarning o‘tkazilishini tanqid qilgan va 12 yoshgacha bolalarga MMA qoidalari bo‘yicha jang qilish taqiqlanganini ta’kidlab o‘tgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekistonlik bola Ramzon Qodirovning o‘g‘illarini jangga chorlagan bolani jangga chorlamoqda (video)