20:20 / 21.02.2018
3 906

OFK rasmiy sayti Odil Ahmedovni “OCHL yulduzi” deb atadi

OFK rasmiy sayti Odil Ahmedovni “OCHL yulduzi” deb atadi
Osiyo futbol konfederatsiyasi rasmiy saytida Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichining ikkinchi turidan o‘rin olgan Xitoyning “Shanxay SIPG” klubi va Avstraliyaning “Melburn Viktori” jamoasi o‘rtasidagi uchrashuv haqida maqola chop etildi. Unda hamyurtimiz Odil Ahmedovning sha’niga iliq fikrlar bildirilgan.

“Fab Four” stadionida Xalk, Oskar, Elkson va Vu Leyning harakatlari barchaning maqtoviga sazovor bo‘ldi. Ammo buning zamirida yarim himoyadagi futbolchilar — Odil Ahmedov va Choy Xuikangning mashaqqatli mehnati yotibdi.

Ikki markaziy yarim himoyachi — Choy Xuikang va Odil Ahmedov maydon markazida raqib hujumlarini buzish va o‘z jamoasi hujumlarini tashkil qilish, avstraliyaliklar himoyasiga muntazam bosim uyushtirishda katta faollik ko‘rsatdi.

Xususan, Osiyo chempionlar ligasi yulduzlaridan biri Odil Ahmedov o‘z harakatlari bilan jamoasiga katta yordam beryapti. U seshanba kuni 44 marta uzatmani amalga oshirgan bo‘lsa, ularning 93 foizi aniq chiqqan. U shuningdek, darvoza tomon uch marta zarba yo‘llashga ham muvaffaq bo‘ldi», — deyiladi manbada.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » OFK rasmiy sayti Odil Ahmedovni “OCHL yulduzi” deb atadi