11:51 / 22.02.2018
5 106

Olimpiada-2018. O‘zbekistonlik sportchi diskvalifikatsiya qilindi

Olimpiada-2018. O‘zbekistonlik sportchi diskvalifikatsiya qilindi
Bugun, 22 fevral kuni Pxyonchxandagi qishki Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etayotgan hamyurtimiz Komil To‘xtayev uchun musobaqa yakunlandi.

Hamyurtimiz bugun slalom bahslarida startga chiqdi. Afsuski, ilk oraliqdayoq xatoga yo‘l qo‘yganligi sababli diskvalifikatsiya qilindi va marraga yetib bora olmadi. Ta’kidlab o‘tish lozimki, slalom bahslarida 108 nafar sportchi startga chiqqan bo‘lsa, ularning 52 nafari marraga yetib bora oldi. 56 nafar sportchi esa musobaqadagi ishtirokini birinchi chiqishdayoq yakunlashga majbur bo‘ldi.

Birozdan so‘ng slalom bahslarida ikkinchi chiqish bo‘lib o‘tadi. Aynan ushbu bahslardan so‘ng sovrinli o‘rinlar sohibi aniqlanadi. Birinchi chiqishda diskvalifikatsiya qilingan sportchilar uchun esa Olimpiya o‘yinlari yakunlandi.

Eslatib o‘tamiz, 18 fevral kuni Komil gigant slalom bahslarida ishtirok etgan va umumiy hisobda 2:35.99 natija ko‘rsatib, 110 nafar sportchi ichida 52-o‘rinni egallagandi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Olimpiada-2018. O‘zbekistonlik sportchi diskvalifikatsiya qilindi