16:02 / 22.02.2018
3 956

Terma jamoaning bosh murabbiyi jahon chempionati tugagunga qadar sir tutiladi

Terma jamoaning bosh murabbiyi jahon chempionati tugagunga qadar sir tutiladi
MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov terma jamoa bosh murabbiyi bilan shartnoma imzolash uchun Dubayga uchib ketganini bilasiz.

O‘FA rasmiy sayti xabariga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasini boshqaradigan yangi xorijlik murabbiy kim ekani Rossiyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati yakunlangunga qadar sir tutiladi.

Ma’lum bo‘lishicha, ayni paytda o‘z shogirdlarini iyun oyida boshlanadigan mundialga tayyorlayotgan murabbiy chempionat yakuniga qadar nomi hozircha e’lon qilinmasligini so‘ragan. O‘zining bu iltimosini mutaxassis jahon chempionati oldidan uning shogirdlari kayfiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi bilan izohladi. Umid Ahmadjonov yangi bosh murabbiyning bu iltimosini qabul qildi va iyul oyiga qadar uning nomi futbol jamoatchiligiga e’lon qilinmasligiga va’da bergan.

«Eng muhimi mutaxassis bilan yakuniy to‘xtamga kelindi va u Rossiyadagi mundialdan so‘ng mamlakatimizga tashrif buyuradi hamda O‘zbekiston milliy terma jamoasi boshqaruvini rasman qo‘lga oladi. Unga qadar esa mamlakatimizning bosh jamoasi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi qoshida yangi tashkil etilgan murabbiylar kengashi qo‘l ostida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari va belgilangan o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazadi.

Shunisi aniqki, yurtimiz futbol muxlislari milliy terma jamoamizning yangi bosh murabbiyini juda yaxshi bilishadi va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyatining bu tanlovidan benihoya x{PAGEBREAK}ursand bo‘lishadi. Tabiiyki yangi bosh murabbiy oldiga Osiyo kubogi-2019 da muvaffaqiyatli ishtirok etish va terma jamoamizni 2022 yilda Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga olib chiqish vazifasi qo‘yiladi», deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Terma jamoaning bosh murabbiyi jahon chempionati tugagunga qadar sir tutiladi