09:25 / 25.02.2018
4 075

Messi La Liga tarixidagi eng yaxshi assistentga aylandi

Messi La Liga tarixidagi eng yaxshi assistentga aylandi
“Barselona” hujumchisi Lionel Messi La Liganing 25-turida “Jirona”ga qarshi bahsda jamoasining birinchi goliga hammualliflik qildi.

Bu argentinalik futbolchining kataloniyaliklar tarkibida Ispaniya chempionatida 407-uchrashuvdagi 148-golli uzatmasi bo‘ldi.

Bu borada u “Real”ning sobiq yarim himoyachisi Michel Gonsalesni ortda qoldirdi. Madridliklar sharafini 1982 yildan 1996 yilgacha himoya qilgan futbolchi primerada 404 ta uchrashuvda 147 marta golli uzatmani amalga oshirgan edi.

Shu tariqa Messi bu borada o‘rnatilgan rekordni yangiladi. Messi shuningdek, La Liga tarixidagi eng yaxshi to‘purar nomini ham o‘zida saqlab turibdi. 30 yoshli hujumchi hozirgacha La Ligada 371 ta gol.

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Messi La Liga tarixidagi eng yaxshi assistentga aylandi