09:28 / 25.02.2018
2 965

Zidan: “PSJ” bilan o‘yindan keyin bizda hammasi a’lo”

Zidan: “PSJ” bilan o‘yindan keyin bizda hammasi a’lo”
“Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidan La Liga 25-turida “Alaves” (4:0) ustidan qozonilgan g‘alabaga izoh berdi.

“Birinchi bo‘limda raqib bizga yetarlicha qarshilik ko‘rsatdi. Biz himoyani mustahkamlash borasida bosh qotirishimiz lozim. Chunki raqiblarimiz aynan bizning xatolardan keyin ochko ishlab olishmoqda. Jamoamiz darvozasi daxlsiz qolishini istayman.

Bunday o‘yinlardan keyin o‘zimizga bo‘lgan ishonch yanada ortadi. “PSJ”ga qarshi bellashuvdan keyin bizda hammasi ijobiy tomonga o‘zgardi. Shunday o‘yin bizga kerak edi. Shu ruhda davom etgan holda g‘alaba uchun intilishimiz lozim.

Eng muhimi – yechinish xonasida muhit. Biz qiyin davrni o‘tkazdik. Bugun Krishtianuning Benzemaga bo‘lgan munosabati xursand qildi. Bu barcha uchun yaxshi holat”, deydi Zidan.

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Zidan: “PSJ” bilan o‘yindan keyin bizda hammasi a’lo”