21:02 / 25.02.2018
3 970

Valverde: “Messi ijrosida barcha narsani ko‘rdim deb o‘ylasang, u yana hayratga soladi”

Вальверде: "Месси ижросида барча нарсани кўрдим деб ўйласанг, у яна ҳайратга солади"
“Barselona” bosh murabbiyi Ernesto Valverde Ispaniya chempionatining 25-turida “Jirona” ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng (6:1) jamoa yetakchisi Lionel Messi sha’niga iliq so‘zlar bitdi.

"Messi dubl va golli uzatmaga erishdi, Koutino - gol va golli uzatma, Dembele esa golli uzatmani o‘z hisobiga yozib qo‘ydi.

"Messi uchun hammasi yengilday ko‘rinadi, ammo bunday emas. Uni mehnatini baholash qiyin. Uning ijrosida barcha narsani ko‘rib bo‘ldim deganingda, u yana seni hayratga soladi.

Kuotino va Dembelega kelsak, ulardan umidimiz katta.Koutino markazda yaxshi harakat qildi va fantastik gol urdi, Dembele hali yosh, jarohati tufayli moslashish jarayonini o‘tkazib yubordi, unga vaqt kerak", - deydi Valverde.

Manba: stadion.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Valverde: “Messi ijrosida barcha narsani ko‘rdim deb o‘ylasang, u yana hayratga soladi”