06:02 / 26.02.2018
3 829

“Manchester Siti” finalda “Arsenal”ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi (video)

“Manchester Siti” finalda “Arsenal”ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi (video)
Angliya liga kubogi bosh sovrini uchun final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. “Uembli”da kechgan uchrashuvda “Arsenal” va “Manchester Siti” jamoalari o‘zaro ro‘baro‘ keldi.

Uchrashuvning 18-daqiqasida Serxio Aguero darvozabon Klaudio Bravo tomonidan yetkazib berilgan to‘pni Ospina darvozasiga yo‘llab hisobni ochdi. Birinchi bo‘limda bu gol yagonaligini saqlab qoldi.

Ikkinchi bo‘limda oldinga borgan “Siti” vakillari tez orada farqni ikkitaga oshirishdi. Ilkay Gundo‘g‘an tomonidan berilgan zarba yo‘nalishini o‘zgartirib yuborgan Vensan Kompani gol muallifi bo‘ldi. 65-daqiqada endi David Silva Daniloning pasidan so‘ng o‘tkir burchakda bo‘lishiga qaramasdan Ospinaning uzoq burchagini aniq nishonga oldi — 3:0. Ushbu natija o‘yin so‘ngiga qadar o‘zgarmay qoldi.

Bu Gvardiolaning “Manchester Siti” bosh murabbiyligidagi ilk sovrini bo‘ldi. “Siti” bilan ikkinchi mavsumida ishlayotgan kataloniyalik mutaxassis shu kungacha jamoa bilan sovrin yutmagandi. Hozirda jamoa Angliya chempionatida katta farq bilan yetakchilik qilmoqda. Shuningdek Yevropa chempionlar ligasida ham kurashni davom ettirmoqda.

Angliya Liga kubogi, Final
Arsenal – Manchester Siti 0:3 (0:1)
Gollar:
Aguero (18), Kompani (58), Silva (65).

Arsenal: Ospina, Mustafi, Kosyelni, Monreal (Kolashinas, 26), Chembers (Uelbek, 65), O‘zil, Remzi (Ivobi, 73), Uilsher, Chaka, Bellerin, Obameyang.

Manchester Siti: Bravo, Kompani, Danilo, Uoker, Otamendi, Gundo‘g‘an, Fernandino (Bernardu Silva, 52), Silva, de Bryuyne, Sane (Gabriel Jezus, 77), Aguero (Foden, 89).

Ogohlantirishlar: Belyerin (24), Remzi (32), Fernandino (36), Chembers (47), Kompani (80), Uilsher (88).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Manchester Siti” finalda “Arsenal”ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi (video)