22:50 / 26.02.2018
5 042

Fazliddin va Shohjahonning jang sanasi aniq bo‘ldi

Fazliddin va Shohjahonning jang sanasi aniq bo‘ldi
Professional boksda mag‘lubiyatsiz faoliyatini davom etayotgan bokschilarimiz Fazliddin G‘oibnazarov va Shohjahon Ergashevning navbatdagi jang sanalari ma’lum bo‘ldi.

Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Shohjahon Ergashev 28 aprel kuni ringga ko‘tarilsa, Fazliddin G‘oibnazarov 12 may kuni o‘zining professional ringdagi to‘rtinchi janggini o‘tkazadi. Hozircha har ikki bokschimizning raqiblari nomi ma’lum qilinmagan.

Ma’lumot uchun Shohjahon prof boksda 12 jang o‘tkazib, barchasida nokaut bilan g‘alaba qozongan. Fazliddin G‘oibnazarov esa 3 ta jang o‘tkazib, har uchchala jangda ham zafar quchgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Fazliddin va Shohjahonning jang sanasi aniq bo‘ldi