08:30 / 27.02.2018
4 401

Umid Ahmadjonov Slovakiyaning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashdi

Umid Ahmadjonov Slovakiyaning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashdi
Kecha Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti va O‘zbekiston futbol Assotsiatsiyasi 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov Slovakiyaning yurtimizdagi elchisi Yan Bori bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston hamda Slovakiya futbol Assotsiatsiyalari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, o‘zaro tajriba almashish, bolalar futboli bo‘yicha mutaxassislarni jalb qilgan holda bu yo‘nalishdagi chora-tadbirlarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

O‘z o‘rnida janob Yan Bori yurtimizda futbolni yuqori bosqichga olib chiqish borasida hukumat darajasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholab, Slovakiya bu borada O‘zbekiston bilan hamkorlikda ishlashga hamisha tayyor ekanini ham alohida ta’kidlab o‘tdi.

Uchrashuv davomida Slovakiyada joylashgan Bratislava futbol akademiyasi bilan O‘zbekistondagi futbol maktablari o‘rtasida yaqin aloqalarni o‘rnatish, bolalar futbol mutaxassislarini yurtimizga jalb qilish va ularning tajribasidan unumli foydalanish bo‘yicha ham kelishuvga erishildi.


Manba: www.the-uff.com

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Umid Ahmadjonov Slovakiyaning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashdi