09:40 / 27.02.2018
5 059

OAV: Konor MakGregor O‘zbekistonga kelishi mumkin

OAV: Konor MakGregor O‘zbekistonga kelishi mumkin
Yengil vaznda UFC chempioni Konor MakGregor joriy yil iyunida O‘zbekistonga kelmoqchi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, irlandiyalik aralash yakkakurash jangchisi may oyida oilasi bilan Germaniya va BAAga tashrif buyurmoqchi. Yozda esa Osiyoning bir nechta davlatlarida, jumladan O‘zbekistonda bo‘lishni rejalashtirgan.

UFC rahbari Dana Uayt ma’lum qilganidek, Konor chempionlik kamaridan mahrum qilindi. Endi chempionlik kamari uchun Habib Nurmagomedov va Toni Fergyuson ringga chiqishadi. Jang aprelda bo‘ladi. Agar Konor UFC’ga qaytsa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri chempionlik jangida ishtirok etadi.

MakGregorning so‘nggi jangi amerikalik bokschi Floyd Meyvezerga qarshi kechgan. Boks qoidalari bo‘yicha o‘tgan jangda Meyvezer 10-raundda MakGregorni nokautga uchratgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » OAV: Konor MakGregor O‘zbekistonga kelishi mumkin