22:42 / 27.02.2018
5 558

UYEFA Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasi yangi formatini taqdim qildi

UYEFA Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasi yangi formatini taqdim qildi
UYEFA sayti Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasidagi keyingi mavsumdan boshlab joriy qilinadigan o‘zgarishlarni e’lon qildi.

Chempionlar Ligasi guruh bosqichiga 26ta klub avtomatik tarzda yo‘l oladi. Ularning ichida Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasi g‘oliblari ham bo‘ladi.

Yana 6ta klub saralash o‘yinlarida aniqlanadi. Undan o‘tolmaganlar Yevropa Ligasida o‘z kuchini sinab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Chempionlar Ligasi 2018/19 mavsumi guruh bosqichi yo‘llanmalari quyidagicha taqsimlanadi:
- Chempionlar Ligasining amaldagi g‘olibi;
- Yevropa Ligasining amaldagi g‘olibi;
- Yuqori reytingga ega bo‘lgan Ispaniya, Germaniya, Angliya va Italiya chempionatining har biridan 4ta jamoa;
- Fransiya va Rossiya chempionatining har biridan 2ta jamoa;
- Portugaliya, Ukraina, Belgiya va Turkiya chempionatining har biridan 1ta jamoa;

Agar Chempionlar Ligasining amaldagi g‘olibi ichki chempionat natijalariga ko‘ra, musobaqa yo‘llanmasini qo‘lga kiritsa, u holda, uning o‘rnini reytingda 11-o‘rinda borayotgan Chexiya chempioni egallaydi.

Agar Yevropa Ligasining amaldagi g‘olibi ichki chempionat natijalariga ko‘ra, Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritsa, u holda, uning o‘rnini Fransiya chempionatining uchinchi jamoasi egallaydi.

Yevropa Ligasi guruh bosqichiga avtomatik tarzda 17ta jamoa yo‘l oladi. Chempionlar Ligasi saralashidan chiqib ketgan 10ta jamoa ham ularga qo‘shiladi. Qolgan 21ta jamoa saralash o‘yinlari orqali aniqlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » UYEFA Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasi yangi formatini taqdim qildi