21:08 / 01.03.2018
3 866

Superliga-2018: “Lokomotiv” chempionatni “Qizilqum”ni mag‘lub etish bilan boshladi

Superliga-2018: “Lokomotiv” chempionatni “Qizilqum”ni mag‘lub etish bilan boshladi
Bugun futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy chempionati — Superliga bahslari start oldi. Birinchi bo‘lib bahslarga “Qizilqum” – “Lokomotiv” kirishdi.

Uchrashuvda dastlab Marat Bikmayev hisobni ochdi va Superligada dastlabki gol muallifiga aylandi.

Ikkinchi bo‘limning 57-daqiqasida Ikrom Aliboyevning jarima maydoni tashqarisidan yo‘llagan kuchli zarbasi uzoq burchakka borib tushdi - 0:2.

Hakam tomonidan uchrashuvga qo‘shib berilgan daqiqalarda Sardor Mirzayev ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Yarim himoyachi Oleg Zoteyev uzatib bergan to‘pni jarima maydoni ichidan mezbonlar darvozasiga joylab qo‘ydi.

Shu tariqa, bellashuv “Lokomotiv”ning yirik g‘alabasi bilan yakunlandi.

Superliga-2018. 1-tur
1 mart (payshanba)

“Qizilqum” – “Lokomotiv” 0:3
Gollar:
Marat Bikmayev 33, Ikrom Aliboyev 57, Sardor Mirzayev 90+3

“Qizilqum”: 77.Yevgeniy Cheremisin, 4.Erkin Baydullayev, 5.Giorgiy Kvesiyeshvili, 7.Nodirxon Kamolov (8.Akmal Rustamov, 46), 11.Doniyor Usmonov (18.Samandar Shodmonov, 46), 14.Fayzulla Qambarov, 21.Muxsinjon Ubaydullayev, 23.Sherali Jo‘rayev, 30.Elguja Grigalashvili, 44.Mirjalol Qosimov (16.Alisher Yusupov, 72), 84.Nemanya Yovanovich.

Zaxira: 22.Artyom Makosin, 3.Husniddin Fazliddinov, 6.Suxrobjon Yarashev, 9.Xumoyun Abdualimov, 19.Sergey Proxorov, 70.Andrey Sidirov.

“Lokomotiv”: 1.Ignatiy Nesterov, 5.Kaxi Maxaradze, 7.Sadriddin Abdullayev, 9.Ikrom Aliboyev, 10.Marat Bikmayev (99.Cho Suk Jae, 85), 15.Sardor Mirzayev, 19.Husniddin G‘ofurov (77.Diyor Turopov, 70), 20.Islom To‘xtaxo‘jayev, 22.Sanjar Shoahmedov (4.Boburbek Yo‘ldashov, 80), 28.Shuhrat Muhammadiyev, 33.Aleg Zoteyev.

Zaxira: 12.Mamur Ikromov, 8.Sherzodbek Karimov, 17.Salim Mustafoyev, 27.Sardor Rashidov, 88.Igor Yelich.

Ogohlantirishlar: Mirjalol Qosimov 31, Sardor Mirzayev 39, Akmal Rustamov 74

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga-2018: “Lokomotiv” chempionatni “Qizilqum”ni mag‘lub etish bilan boshladi