20:35 / 05.03.2018
4 409

“Nasaf” Xavisiz kelgan “As-Sadd” jamoasini taslim qildi

“Nasaf” Xavisiz kelgan “As-Sadd” jamoasini taslim qildi
Osiyo chempionlar ligasi 3-turidan o‘rin olgan “Nasaf” - “As-Sadd” uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi va unda mezbonlar kichik hisobda g‘alaba qozondi.

Bahs teng kurashlar ostida kechgan bo‘lsada vakillarimiz kuchli raqibga munosib qarshilik qila oldi. Mehmonlar tarkibida yulduz futbolchisi jarohati sabab yo‘q edi. Uchrashuvdagi yagona g‘alaba to‘pini penaltidan Aziz G‘aniyev 62-daqiqada kiritdi.

OCHL-2018
“S” guruhi, 3-tur

“Nasaf” (O‘zbekiston) – “Al Sadd” (Qatar) 1:0
Gol:
Azizjon G‘aniyev 62 penalti, - 1:0.

“Nasaf”: 35.Sanjar Quvvatov - 55.Slavko Lukich, 22.Igor Golban, 92.Umar Eshmurodov, 31.Saydullo Rahmatov - 7.Odiljon Hamrobekov, 6.Aziz G‘aniyev - 77.Jasur Hasanov (14.Sharof Muhitdinov, 87), 27.Islom Rashidxonov (21.Jahongir Aliyev, 90), 20.Islom Kenjaboyev (4.Maqsud Karimov, 79) - 10.Bobir Abdixoliqov.
Zaxira: 1.Umidjon Ergashev, 5.G‘olib G‘aybullayev, 8.Sanjar Rashidov, 30.Xudoyorxon Sa’dullayev.

“Al Sadd”: 1. Saad Alshii - 2.Pedro Korrea, 3.Yosir Isa (8.Ali Asad, 71), 12.Hamid Ismoil Halifa, 14.Abdulkarim Hassan, 37.Ahmed Suhail - 16.Bualem Kuxi (10.Hassan Al Haydos, 60), 20.Salim Ali Al Hajri, 96. Akram Afif, 5.Jugurta Hamron (17.Hasan Ahmad, 82), 11.Bag‘dod Baunedjax.

Zaxira: 4.Sayyar, 7.Musaab Xidir, 22.Mishal Barsham, 99.Ali Fereydun.
Ogohlantirishlar: Ahmed (19), Rahmatov (21),

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Nasaf” Xavisiz kelgan “As-Sadd” jamoasini taslim qildi