21:21 / 05.03.2018
4 488

Ro‘ziqul Berdiyev: “Xavi kelmagani uchun biz ham Cheranni tarkibdan chiqarib tashladik”

Рўзиқул Бердиев: "Хави келмагани учун биз ҳам Черанни таркибдан чиқариб ташладик"
Bugun OCHLda 3-tur o‘yinlari start oldi. Bundan biroz oldin yakuniga yetgan bahsda Qarshining “Nasaf” klubi o‘z maydonida Qatarning “Al Sadd” jamoasini qabul qildi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Mazkur o‘yindan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Nasaf” ustozi Ro‘ziqul Berdiyev va Sanjar Quvvatovlar ishtirok etishdi va o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Barchani g‘alaba bilan tabriklayman. Yigitlar bu muvaffaqiyat uchun 90 daqiqa borlarini berib o‘ynashdi. Biz futbolchilarni kuchli raqibga qarshi ruhan tayyorlay oldik va ular iroda namoyish etishdi.

Bayram bo‘lishi kerak edi va shu bayram bo‘ldi ham. Bu yutuq uchun muxlislarimizga alohida rahmat.

Cheranning o‘ynay olmasligi albatta jiddiy yo‘qotish bo‘ldi, ammo yigitlarga tayinladim, ularni ruhan tayyorladik va ular bugungi o‘yinda sardorimizning yo‘qligini bilintirishmadi.

Bu turnir biz uchun, futbolchilarimiz uchun chinakam maktab hisoblanadi. Futbolchilarimizning bu tempda, bu darajada o‘ynay olganliklari yoqimli. Guruhda kuchli raqiblar bor. Barcha jamoalarda imkoniyat yaxshi, menimcha guruhdagi jamoalar orasida bugungi raqib kuchliroq edi.

Bu o‘yin tempini ushlab qola olamizmi? Bu qiyin, bugungi o‘yinda ishtiyoq yuqori bo‘ldi, aniq bilamanki, bizdayam pasayish bo‘ladi, sababi, tarkibimiz tor.

Xavi kelmagani uchun biz ham Cheranni chiqardik tarkibdan
(zalda kulgu)", - deb aytib o‘tdi Berdiyev.

Sanjar Quvvatov ham o‘yin borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Bugungi g‘alaba bilan barchani tabriklayman va bizni tinimsiz qo‘llab quvvatlab turgan muxlislarga minnatdorchilik bildirib o‘taman”, - deb o‘z fikrini yakunladi Quvvatov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ro‘ziqul Berdiyev: “Xavi kelmagani uchun biz ham Cheranni tarkibdan chiqarib tashladik”