08:03 / 07.03.2018
4 526

Pauerlifter 426 kilogrammli shtangani ko‘tarish vaqtida tomirlari dosh bera olmadi (video)

Pauerlifter 426 kilogrammli shtangani ko‘tarish vaqtida tomirlari dosh bera olmadi (video)
Rossiyalik pauerlifter Mixail Shivlyakov Arnold Classic xalqaro musobaqasida pauerlifterlar bahslarida 426 kgli shtangani ko‘tara oldi.

Shivlyakov shtangani ko‘tarayotgan vaqtda burnidan qon keta boshlagan. U qon oqishiga qaramay, shtangani ko‘tarib tura olgan. Sportchi musobaqalarning bronza medali sohibi bo‘lgan. 2-o‘rinni amerikalik Brayan Shou, 1-o‘rinni esa 472 kgli shtangani ko‘tara olgan, “Sayyoraning eng kuchli odami” musobaqasining ko‘p karra chempioni, islandiyalik Xaftor Yulius Byernsson egallagan. U, shuningdek, “Taxtlar o‘yini” serialida Grigor Kligan rolini ijro etgani bilan mashhur hisoblanadi.

Arnold Classic musobaqasi “Janob Olimpiya” musobaqasining ko‘p karra chempioni, aktyor Arnold Shvarsenegger tomonidan 1988 yilda tashkil etilgan. Musobaqa an’naviy ravishda har yili AQSHda o‘tkaziladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Pauerlifter 426 kilogrammli shtangani ko‘tarish vaqtida tomirlari dosh bera olmadi (video)