«Barselona» darvozaboni «Real»ga qarshi o‘yinda Ronaldu, Beyl va Benzemadan ko‘ra ko‘proq to‘p uzatdi

  • 22 noyabr 2015, 16:14
  • 4 065
  • Sport
  • Futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 12-turi doirasida 21 noyabr, shanba kuni bo‘lib o‘tgan «Real» va «Barselona» o‘yinida mehmonlar darvozaboni Klaudio Bravo o‘ziga xos ko‘rsatkich qayd etdi. Bu haqda «Stadion.uz» xabar bermoqda.

    «Barselona» darvozaboni «Real»ga qarshi o‘yinda Ronaldu, Beyl va Benzemadan ko‘ra ko‘proq to‘p uzatdi

    Bravo o‘yin davomida raqib futbolchilari — Krishtianu Ronaldu, Garet Beyl va Karim Benzemadan ko‘ra ko‘proq pas berdi.

    Chililik darvozabon bahs davomida jami 54 marta jamoadoshlariga to‘p uzatgan. «Real» futbolchilarining ko‘rsatkichlari esa quyidagicha: Ronalduda 44 ta, Beylda 41 ta, Benzema esa 26 ta pas.

    Eslatib o‘tamiz, o‘yin 4:0 hisobida «Barselona» g‘alabasi bilan yakuniga etdi. Mehmonlarga g‘alaba keltirgan gollar Luis Suares (11, 74-daqiqalar), Neymar (39) va Andres Inesta (53) hisobiga yozildi.


    Manba: Daryo.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » «Barselona» darvozaboni «Real»ga qarshi o‘yinda Ronaldu, Beyl va Benzemadan ko‘ra ko‘proq to‘p uzatdi