19:01 / 08.03.2018
5 621

O‘zbekiston yozda Urugvay bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

O‘zbekiston yozda Urugvay bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi
Avval xabar berilganidek, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 23 mart kuni Senegal, 27 mart kuni esa Marokash terma jamoalariga qarshi safarda o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.

Bundan tashqari, 15 may kuni Eron milliy terma jamoasiga qarshi uchrashuv o‘tkaziladi. Mazkur terma jamoalar JCH-2018 ishtirokchilari bo‘lib, mundial oldidan ular O‘zbekiston MTJ bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishga rozilik berishgan.

O‘zbekiston futbol Assotsiatsiyasi O‘zbekiston milliy terma jamoasi uchun o‘rtoqlik o‘yinlariga kuchli raqiblar topish bo‘yicha chora-tadbirlarni davom ettirmoqda. Muzokaralar natijasida O‘zbekiston MTJ uchun yana bir kuchli sparring raqib topildi. Shu yilning 7 iyun kuni JCH-2018 ning yana bir ishtirokchisi Urugvay terma jamoasi O‘zbekistonga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Urugvay poytaxti Montevideo shahrida bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, Urugvay terma jamoasi JCH-2018da “A” guruhida Rossiya, Saudiya Arabistoni va Misr bilan guruhdan chiqish uchun kurash olib boradi.

Manba: the-uff.com

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston yozda Urugvay bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi