23:25 / 08.03.2018
4 656

Superliga 2-tur. “Bunyodkor” – “Paxtakor” (Videoprevyu)

Superliga 2-tur. “Bunyodkor” – “Paxtakor” (Videoprevyu)
10 mart kuni Superliga 2-turining markaziy uchrashuvi “Bunyodkor” va “Paxtakor” jamoalari o‘rtasida kechadi.

“Qaldirg‘ochlar” mezbonligida o‘tadigan bu safargi bahs o‘zaro hisobdagi 23-uchrashuv sifatida qayd etiladi. Bungacha o‘tkazilgan 22ta o‘yinning 7tasida “Bunyodkor” g‘olib chiqqan. Paxtakorchilar hisobida 6ta g‘alaba bor. Qolgan 9ta o‘yin esa durang natija bilan yakun topgan. To‘plar farqi – 25:20, “Bunyodkor” foydasiga.

Igor Sergeyev o‘zaro o‘yinlarda jami 5ta to‘p kiritgan va u bu boradagi ko‘rsatkich bo‘yicha yetakchi bo‘lib olgan.

“Bunyodkor” mezbonligida o‘tadigan uchrashuvlarda jamoalar tomoshabop va qiziqarliroq o‘yin namoyish etishga odatlanishgan. Buni statistika ham ko‘rsatib turibdi. Gap shundaki, “qaldirg‘ochlar” mezbonligidagi o‘yinlarda darvozalar 30 marotaba ishg‘ol etilgan bo‘lsa, “sherlar” stadionida o‘tgan 10ta bahsda atigi 15ta gol darvozalarga kiritilgan.

Poytaxtning ikki sovrindor jamoalari bahsini Sherzod Qosimov boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib borishadi.

Eslatib o‘tamiz, Superliga 2-turi doirasidagi “Bunyodkor” – “Paxtakor” uchrashuvi 10 mart, shanba kuni “Bunyodkor” stadionida soat 17:30da boshlanadi.

Quyidagi havolalarda “Bunyodkor” mezbonligida o‘tgan o‘zaro o‘yinlar qaydnomalari va kiritilgan gollarni tomosha qilishingiz mumkin.

BUNYODKOR – PAXTAKOR 1:1 (1:0)
18.05.2007. 10-tur. Toshkent. MHSK stadioni. 12000 tomoshabin
Bosh hakam: Ravshan Ermatov (Toshkent) – 8,4
Gollar: Sergey Lushchan 39 penalti (1:0), Ildar Magdeyev 85 (1:1)

BUNYODKOR – PAXTAKOR 1:1 (1:0)
08.08.2008. 16-tur. Toshkent. MHSK stadioni 18210 tomoshabin
Bosh hakam: Aleksandr Petrov (Toshkent) – 7,8
Gollar: Xose-Luis Vilyanueva 8 (1:0), Zayniddin Tojiyev 90+2 (1:1)

BUNYODKOR – PAXTAKOR 2:1 (1:0)
12.07.2009. 11-tur. Toshkent. “Jar” stadioni. 9251 tomoshabin
Bosh hakam: Ravshan Ermatov (Toshkent) – 9,8
Gollar: Asror Aliqulov 21 avtogol (1:0), Jasur Hasanov 58 (2:0), Aleksandr Geynrix 71 (2:1)

BUNYODKOR – PAXTAKOR 2:1 (1:0)
14.03.2010. 1-tur. Toshkent. “Jar” stadioni. 9097 tomoshabin
Bosh hakam: Ravshan Ermatov (Toshkent) – 9,6
Gollar: Rivaldo 18 (1:0), Stevitsa Ristich 57 (2:0), Boyan Miladinovich 78 (2:1)

BUNYODKOR - PAXTAKOR - 2:1 (0:0)
21.08.2011. 17-tur. Toshkent. “Jar” stadioni. 8469 tomoshabin
Bosh hakam: Ravshan Ermatov (Toshkent) – 9,5
Gollar: Viktor Karpenko 71 (1:0), Milosh Trifunovich 73 (2:0), Alisher Azizov 89 (2:1)

BUNYODKOR – PAXTAKOR 2:0 (0:0)
26.06.2012. 12-tur. Toshkent. “Jar” stadioni. 7341 tomoshabin
Bosh hakam: Ravshan Ermatov (Toshkent)
Gollar: Shavkat Salomov 52 (1:0), Yan Kozak 65 (2:0)

BUNYODKOR – PAXTAKOR 1:2 (0:1)
10.08.2013. 15-tur. Toshkent. “Jar” stadioni. 5362 tomoshabin
Bosh hakam: Marat Ismoilov (Toshkent)
Gollar: Kaxi Maxaradze 4 (0:1), Temurxo‘ja Abduxoliqov 83 (0:2), Lutfulla To‘rayev 90 (1:2)

BUNYODKOR – PAXTAKOR 2:3 (1:0)
07.11.2014. 26-tur. Toshkent. “Bunyodkor” stadioni. 6785 tomoshabin
Bosh hakam: Ravshan Ermatov (Toshkent) – 9,0
Gollar: Sardor Rashidov 38 (1:0), Sardor Rashidov 48 (2:0), Igor Sergeyev 79 (2:1), Jamshid Iskanderov 89 (2:2), Igor Sergeyev 90+2 (2:3)

BUNYODKOR – PAXTAKOR 2:0 (0:0)
26.10.2015. 26-tur. Toshkent. “Bunyodkor” stadioniyu 2678 tomoshabin
Bosh hakam: Sherzod Qosimov (Toshkent) – 8,5
Gollar: Akmal Shorahmedov 49 (1:0), Dostonbek Hamdamov 75 (2:0)

BUNYODKOR – PAXTAKOR 3:0 (0:0)
29.04.2016. 7-tur. Toshkent. “Bunyodkor” stadioni. 3784 tomoshabin
Bosh hakam: Aziz Asimov (Toshkent) – 7,8
Gollar: Dostonbek Hamdamov 56 penalti (1:0), Zabihillo O‘rinboyev 57 (2:0), Eldor Shomurodov 88 (3:0)

BUNYODKOR – PAXTAKOR 1:1 (1:0)
17.05.2017. 11-tur. Toshkent. “Bunyodkor” stadioni. 2123 tomoshabin
Bosh hakam: Hasan Ro‘ziyev (Toshkent)
Gollar: Doston Hamdamov 11 (1:0), Stanislav Andreyev 71 (1:1)


Manba: www.fcbunyodkor.com

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga 2-tur. “Bunyodkor” – “Paxtakor” (Videoprevyu)