23:41 / 08.03.2018
5 260

Rio-2016 Olimpiadasi chempioni boksdan chetlatildi

Rio-2016 Olimpiadasi chempioni boksdan chetlatildi
2016 yilgi Olimpiya o‘yinlari chempioni fransiyalik Toni Yoka antidoping qoidalarini buzganligini uchun bir yilga diskvalifikatsiya qilindi, deya xabar beradi Sports.uz nashri. Manbada yozilishicha, bokschi taqiqlangan modda iste’mol qilgani uchun emas, balki uchta doping nazoratini o‘tkazib yuborgani uchun jazolangan.

Bundan tashqari milliy antidoping agentligi bu muddatni ikki yilgacha uzaytirishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Rio-de-Janeyrodagi Olimpiadada u 91 kg vaznda ishtirok etib, finalda britaniyalik Jozef Joysni mag‘lub etgan va chempionlikni qo‘lga kiritgan.

2017 yil Yoka Jevid Xey tashkil qilgan Hayemaker Ringstar promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzolab, professional boksga yo‘l olgan edi. Fransiyalik bokschi uchta jang o‘tkazib, barchasini g‘olib chiqqan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rio-2016 Olimpiadasi chempioni boksdan chetlatildi