08:30 / 09.03.2018
3 797

Kumikov: “Bugun AGMK futbolchilariga ishonch yetishmadi”

Кумиков: "Бугун АГМК футболчиларига ишонч етишмади"
Superliga bahslarining 2-tur doirasida bugun AGMK o‘z maydonida “Navbahor” jamoasini qabul qildi va 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Uchrashuvdan so‘ng AGMK klubi bosh murabbiyi Viktor Kumikov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Bizning bugungi o‘yin mavsumga tayyorgarlik ko‘rganimizdagi bahslarni hisoblasak eng yomoni bo‘ldi deya olaman. Biz o‘rtoqlik uchrashuvlarida ham bu kabi yomon o‘ynamagan edik. Futbolchilarda o‘zlariga bo‘lgan ishonch va iroda yetishmadi, bunga sabab balki uydagi ilk o‘yin bo‘lganidir.

“Navbahor” o‘z imkoniyatlarini kutdi va unumli foydalandi. Qarshi hujumda to‘p surishdi. Biz o‘tkazib yuborilgan goldan keyin tavakkal qilib oldinga intildik. Birinchi bo‘lim teng kurashlar ostida kechdi, ikkinchi bo‘limda esa ular g‘alabaga haqli o‘yin ko‘rsatishdi.

Mavsum oldidan oldimizga kuchli 6 talikka kirish maqsadini qo‘yganmiz. Mavsum boshlandi va faqatgina shu haqida o‘ylaymiz», - deydi Kumikov.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Kumikov: “Bugun AGMK futbolchilariga ishonch yetishmadi”