15:36 / 09.03.2018
4 599

O‘zbekiston OTJ vodiyda Saudiyadan kuchliroq bo‘lgan Keniyaga qarshi ikkita o‘yin o‘tkazadi

O‘zbekiston OTJ vodiyda Saudiyadan kuchliroq bo‘lgan Keniyaga qarshi ikkita o‘yin o‘tkazadi
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi shu yilning mart oyida Saudiya Arabistoniga qarshi ikkita o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishi haqida avvalroq ma’lum qilgan edik. Ammo O‘zbekiston OTJ mart oyida Saudiya Arabistoniga qarshi emas, Keniya U-23 terma jamoasiga qarshi bahs olib boradigan bo‘ldi.

“Ravshan Haydarov boshchiligidagi terma jamoa oldiga Tokioda bo‘ladigan Olimpiadaga yo‘llanma olish vazifasi qo‘yilgan. Shu sababli ular Olimpiya o‘yinlari saralashiga jiddiy tayyorgarlik ko‘rishi uchun kuchliroq raqib bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishi maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Saudiya Arabistoniga hurmat saqlagan holda shuni ta’kidlash kerakki, ushbu terma jamoa Osiyo vakili. O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi esa Osiyoda tengsiz ekanini Xitoydagi musobaqada isbotlab bo‘ldi.

Shu sababdan O‘zbekiston futbol Assotsiatsiyasi O‘zbekiston OTJ uchun kuchliroq raqib topish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirdi va Afrikaning kuchli terma jamoalaridan biri bo‘lgan Keniya U-23 terma jamoasi bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Afrika terma jamoalari jismoniy jihatdan ancha baquvvat va kuchli raqib hisoblanishadi, qolaversa, o‘z oldiga Tokio Olimpiadasiga yo‘llanma olish vazifasini qo‘ygan O‘zbekiston OTJ uchun ham bu terma jamoa bilan o‘yin o‘tkazish ancha qiziqarli va foydali bo‘ladi.

23 mart kuni Andijonda, 26 mart kuni esa Farg‘onada Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston OTJ keniyalik tengdoshlariga qarshi bahs olib borishadi. Har ikki o‘yinning boshlanishini muxlislar uchun qulay bo‘lgan vaqt - soat 20:00ga belgiladik”, - deydi O‘zbekiston futbol Assotsiatsiyasi 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston OTJ vodiyda Saudiyadan kuchliroq bo‘lgan Keniyaga qarshi ikkita o‘yin o‘tkazadi