16:58 / 10.03.2018
4 710

Bugun “Old Trafford”da Mourino va Klopp to‘qnashuvi bo‘ladi

Bugun “Old Trafford”da Mourino va Klopp to‘qnashuvi bo‘ladi
Futbol bo‘yicha Angliya Premyer-Ligasida bugun — 10 mart kuni 30-tur bellashuvlari start oladi. Uning ilk o‘yiniyoq markaziy maqomida bo‘ladi.

Turnir jadvalida kuchli uchlikni yakunlab turgan “Manchester Yunayted” va “Liverpul” klublari Toshkent vaqti bilan 17:00 da “Old Trafford” stadioniga chiqib keladi. Ayni paytda Joze Mourino shogirdlari liverpulliklarni 2 ochko ortda qoldirmoqda. Tomonlarning “Enfild”da o‘tgan o‘yinlarida hisob ochilmagandi — 0:0.

UzReport va Futbol-TV telekanallari APL 30-turining jami 5 ta o‘yinini jonli translyatsiya qilishni rejalashtirgan.

Angliya Premyer-Ligasi
30-tur bellashuvlari


10 mart, shanba
“Manchester Yunayted” — “Liverpul” 17:30 Futbol-TV
“Everton” — “Brayton” 20:00
“Xaddersfild” — “Suonsi” 20:00
“Nyukasl” — “Sautgempton” 20:00
“Vest Bromvich” — “Lester” 20:00
“Vest Hem” — “Byornli” 20:00
“Chelsi” — “Kristal Pelas” 22:30 Futbol-TV

11 mart, yakshanba
“Arsenal” — “Uotford” 18:30 Futbol-TV
“Bornmut” — “Tottenhem” 21:00 UzReport

12 mart, dushanba
“Stok Siti” — “Manchester Siti” 01:00 Futbol-TV

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bugun “Old Trafford”da Mourino va Klopp to‘qnashuvi bo‘ladi